Trampni Rojdestvoni o‘g‘irlagan Grinchga qiyoslashdi
Evropadagi AQSh elchixonalarida ushbu hafta davomida hukmron kayfiyat ancha sovuq bo‘ldi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning transatlantik ittifoqchilarga nisbatan munosabati bilan bog‘liq, deb yozadi Politico nashri manbalarga tayanib.
Nashr Yevropa davlatlarini Ktograd aholisiga, Donald Trampni esa «Rojdestvoni o‘g‘irlagan» Grinch obraziga qiyoslagan.
«G‘arb ittifoqi parchalandi. Endi munosabatlar hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi», — dedi Politico bilan suhbatda Yevropa davlatlaridan birining rasmiy vakili.
Materialda ta’kidlanishicha, «o‘rinsiz fikr bildirgan» diplomatlar qat’iy ta’qibga uchramoqda. Xususan, o‘tgan oyda Belgiyaning harbiy attashesi Donald Tramp ma’muriyatini «beqarorlik va oldindan aytib bo‘lmaslik bilan tavsiflanadi» deb baholagan izohlaridan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.