Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Trampga "qarshi chiqishdi!"

Trampga "qarshi chiqishdi!"

AQSh sobiq davlat kotibi Reks Tellerson AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosatini tanqid qildi, deb yozmoqda DW.

«Shaxsiy manfaat uchun AQSh aktivlaridan foydalanish noto‘g‘ri harakat. Shu sababli shaxsiy manfaatni ko‘zlab xorij mamlakatlariga Amerika yordamini, qurollar yoki davlat ta’sirini amalga oshirishni taklif qilish xato usul va buni hamma tushunib turibdi», — deydi Reks Tellerson.

29 avgustda Tramp Ukrainaga harbiy yordam berishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Tekshiruv vaqtida barcha mablag‘lar muzlatib qo‘yilgandi.

Keyinchalik Kiyevga yordam ko‘rsatish qayta boshlandi. Sentyabr oyida Tramp va Ukraina prezidenti Valdimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon so‘zlashuvi stenogrammasi oshkor bo‘lishi vaziyatni chigallashtirib yubordi.

Ushbu so‘zlashuv mazmuni oshkor bo‘lgach AQSh kongressi vakillarining palatasi Trampga qarshi impichment e’lon qilishga qaror qildi.

AQSh prezidentining muxolifati Trampning Zelenskiy bilan suhbat vaqtida uni sobiq vise-prezident Jozef Baydenning o‘g‘liga nisbatan Ukrainada tergov ishlari o‘tkazishga majburlab ukrainalik hamkasbiga bosim o‘tkazganlikda ayblamoqda.

Kiritildi: 06:36 20.11.2019. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!