Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Trampga Eronga qarshi keng qamrovli harbiy variantlar taqdim etildi

Trampga Eronga qarshi keng qamrovli harbiy variantlar taqdim etildi

Trampga Eronga qarshi keng qamrovli harbiy variantlar taqdim etildi. Ular orasida raketa zarbalari, kiberhujumlar va psixologik kurash kabilar bor. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Telekanalning Pentagondagi manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampga Vashingtonning Erondagi voqealarga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yashirin usullardan to harbiy choralargacha bo‘lgan variantlari haqida ma’lumot berilgan.

"Erondagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuv holati yuz bersa, AQSh uzoq masofali raketalar bilan zarba berishi mumkin, biroq manbalarning aytishicha, Pentagon vakillari kiberhujumlar va ruhiy ta’sir choralari variantlarini ham taqdim etgan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!