AQSh prezidenti Donald Tramp 8 iyul kuni Anqaradagi NATO sammiti doirasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashish niyatida.
Bu haqda Reuters AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar berdi.
Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng Tramp Rossiya rahbari bilan Ukraina mojarosini hal qilish masalasini muhokama qilishni davom ettirishi mumkin.
AQSh rasmiysi Zelenskiy bilan uchrashuvida AQSh prezidenti urushni tugatish yo‘llarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
"Prezident bunga chek qo‘yishga harakat qilish juda muhim deb hisoblaydi", dedi AQSh ma’muriyati rasmiysi.