Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp: "Zelenskiy bilan uchrashuvda sezilarli yutuqlarga erishildi"

Tramp: "Zelenskiy bilan uchrashuvda sezilarli yutuqlarga erishildi"

AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tganini aytib, muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi.

Oq uy rahbari matbuot anjumanida Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarni baholar ekan, tomonlar tinchlik kelishuviga sezilarli darajada yaqinlashganini ma’lum qilgan.

Zelenskiy, o‘z navbatida, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarining 90 foizdan ortig‘i kelishilganini, batafsilroq ma’lumotlarga erishilganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH, Ukraina va Yevropa davlatlari o‘rtasida yanvar oyida Vashingtonda uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin.

"20 banddan iborat reja 90 foizga kelishilgan, AQSh xavfsizlik kafolati 100 foiz, AQSh va Yevropa kafolati 90 foiz, harbiy tomon 100 foiz, Ukraina iqtisodiyotini tiklash rejasi yakunlanmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!