Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp yuragi 65 yoshliknikiday sog‘lom — rasmiy tibbiy xulosa

Tramp yuragi 65 yoshliknikiday sog‘lom — rasmiy tibbiy xulosa

AQSh prezidenti Donald Tramp sog‘ligi bo‘yicha yaxshi holatda — uning yuragi shifokor bahosiga ko‘ra, 65 yoshli odam yuragiga teng. Bu haqda shaxsiy shifokori Shon Barbabella juma kuni Oq uy tomonidan e’lon qilingan tibbiy ko‘rik xulosasida ma’lum qildi.

Barbabellaning ta’kidlashicha, Tramp hech qanday cheklovlarsiz faol ish rejimini bajara oladi. Uga bir qator standart tahlillar o‘tkazilgan, shuningdek, koronavirus va grippga qarshi emlanish ham amalga oshirilgan.

Trampning o‘zi ham 9 oktyabrda bergan bayonotida jismoniy va ruhiy holatidan mamnunligini aytdi hamda bir necha oy avval kognitiv testda “ideal natija” qayd etganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, sobiq prezident Jo Bayden “hatto birinchi uchta savolga ham javob bera olmasdi”.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Trampning sog‘lig‘iga oid turli taxminlar ham tarqalgan — ayrim surat va videolarda uning oyoqlari shishib ketgani, qo‘llarida esa grim bilan berkitilgan ko‘klar ko‘zga tashlangan. Oq uy bunga izohan, bunday holatlar aspirin qabul qilish orqali yurak-qon tomir tizimi uchun rejali davolash doirasida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:34 12.10.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!