Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini AQShga tegishli hudud deb atadi

Tramp yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini AQShga tegishli hudud deb atadi


Bu haqda u Janubiy Karolina shtatining Mirtl-Bich shahrida tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv haqida gapirar ekan, Tehron bunday bitimga erishishni judayam xohlayotgani, Vashington esa bunga ehtiyoj bor-yo‘qligiga hali amin emasligini aytdi.

"Ular kelishuvni judayam xohlashyapti. Biz esa buni xohlaymizmi, yo‘qmi, bilmaymiz, chunki men hozir Ho‘rmuz bo‘g‘ozini Amerika hududi deb hisoblayman. Bu Amerika hududi", — dedi u.

Donald Tramp AQSh Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington aynan shu maqsadda mojaroga aralashgan.

"Biz Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, aks holda sizni juda noxush oqibatlar kutadi. Shu sababli biz bunga aralashib, ularni to‘xtatib qoldik. Ularda hech qachon yadroviy qurol bo‘lmaydi", — dedi Oq uy rahbari.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi jahon energetika bozori uchun strategik ahamiyatga ega. U orqali Fors ko‘rfazidagi neft va gaz eksportining katta qismi jahon bozoriga olib chiqiladi. Fevral oyi oxirida AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshlagach Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini deyarli to‘xtatib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:26 22.08.2026. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!