AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa mamlakatlari immigrasiya siyosati tufayli uchinchi dunyo davlatlariga aylanish xavfi ostida ekanligini aytdi.
Amerika yetakchisi ushbu bayonotni Truth Social ijtimoiy tarmoq platformasiga joylashtirdi.
"Evropa uchinchi dunyo mamlakatlaridan jinoyatchilarni qabul qilsangiz, uchinchi dunyo mamlakatiga aylanishingizni anglab yetmoqda. Bu tezda, ko‘z ochib yumguncha sodir bo‘ladi. Men o‘z vaqtida saylandim", deb yozgan Tramp.
AQSh prezidenti yana Vashingtonning Yevropa ittifoqchilarini o‘zining fikricha, haddan tashqari yumshoq immigrasiya siyosati uchun tanqid qildi. Shuningdek, u o‘z ma’muriyatining noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurash choralari AQShning uchinchi dunyo mamlakatiga aylanishiga to‘sqinlik qilganini aytdi.