Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp yana bir bor Panama kanali va Grenlandiyaga da’volari boriligi haqida gapirdi

A A A
Tramp yana bir bor Panama kanali va Grenlandiyaga da’volari boriligi haqida gapirdi

"Panama kanali juda katta masala. Xitoy ushbu kanalni nazorat qilmoqda. Bu normal holatmi? Bu yomon. Prezident Jimmi Karter kanalni Panama davlatiga berganida, bu dahshatli xato bo‘lgan edi. Karter kanalni Xitoyga emas, Panamaga bergan. Ammo hozir Panama kanalini Xitoy nazorat qilmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Grenlandiyaga kelsak, u ajoyib hudud. U bizga xavfsizlik uchun kerak. Ishonchim komilki, Daniya murosaga keladi. Bu hududni saqlab turish ularga juda qimmatga tushadi. Grenlandiyadagi odamlar Daniyani yoqtirmaydi", – dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Panama prezidenti Xose Mulino Trampning da’volariga qarshi bayonot bergan va kanal o‘z mamlakati nazorati ostida qolishini bildirgan.

Daniya tarkibiga kiruvchi Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede esa grenlandiyaliklar "na amerikalik, na daniyalik bo‘lishni xohlashlarini" aytib, orol mustaqillikka intilayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 12:37 21.01.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!