Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: Xitoy va Rossiya Eronga qurol yetkazib bermayapti

Tramp: Xitoy va Rossiya Eronga qurol yetkazib bermayapti

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy va Rossiya Eronga harbiy yordam ko‘rsatmayotgani hamda unga qurol yetkazib bermayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Szinpin Pekinda bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuv chog‘ida na Xitoy, na xitoylik kompaniyalar hech qanday sharoitda Eronga qurol sotmasligi yoki yetkazib bermasligini aytgan.

Tramp, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Moskva Tehronga qurol sotishdan bosh tortganini ma’lum qilganini ta’kidladi.

«Odatda Eron bilan bog‘liq holda tilga olinadigan ikki yirik davlat, mening fikrimcha, bu jarayonda ishtirok etmayapti», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 08:41 25.07.2026. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!