AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning aytishicha, Donald Tramp Xitoy bilan savdo bitimi imzolanmaguncha koronavirusning xavfliligi haqidagi ogohlantirishlarga e’tibor bermagan.
Bolton CNNga bergan intervyusida aytganidek, Tramp "do‘sti Si Szinpin to‘g‘risida yomon xabarlarni eshitishni xohlamadi". Boltonning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Xitoyning virus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligi va pandemiya AQSh iqtisodiyotiga ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni e’tiborsiz qoldirgan.
Sobiq maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, aynan Trampning ushbu xatti-harakatlari AQShda koronavirus tufayli muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda Jons Xopkins institutining hisob-kitoblariga ko‘ra AQShda COVID-19ning 238,065 holati va 121969 o‘lim holatlari tasdiqlangan.