Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Xitoy bilan birga Rossiyani ham "nishonga oldi"

A A A
Tramp Xitoy bilan birga Rossiyani ham "nishonga oldi"

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishni rejalashtirmoqda. RIA Novosti bunday tayyorgarlik haqida xabardor bo‘ldi.

Hujjatning dastlabki versiyasiga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi sanksiyalar ostida qolishi mumkin. Shuningdek, cheklov choralari 28 tashkilotga ta’sir qiladi: tadqiqot markazlari va aviasiya, raketa va kosmik, yadro sanoati va asbobsozlik hamda dvigatel sanoati bilan shug‘ullanadigan korxonalar.

Xususan, birinchi marta Rosatom va Roskosmosning yadro quroli va raketa-kosmik texnologiyalarini yaratish ustida ish olib borayotgan ikkita tashkiloti sanksiyalar ro‘yxatida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, cheklovlar fuqarolik samolyotlarini qurish, samolyot dvigatellari va vertolyotlarini yaratish, shuningdek, aviasiya materiallarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan 10 ta kompaniyaga tahdid solmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti ma’muriyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir federal davlat unitar korxonasiyangi sanksiyalarga tushishi mumkin. Uning aniq nomi ko‘rsatilmagan.

RIA Novosti ta’kidlaganidek, dastlab ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga harbiylar bilan aloqada bo‘lgan 89 ta Xitoy kompaniyalari kiritilishi taxmin qilingan. Biroq, keyinchalik unga rus tashkilotlarini kiritishga qaror qilindi.

Kiritildi: 17:07 25.11.2020. O'qildi: 3495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik