AQSh prezidenti Donald Tramp har yili o‘tkaziladigan Alfalfa klubi kechki ovqatida Venesuela Amerikaning 53-shtatiga aylanishi mumkinligini e’lon qildi.
Bu haqda The Washington Post nashri ushbu tadbirda ishtirok etganlarga tayanib xabar berdi.
The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, oqshom ommaviy axborot vositalari uchun yopiq; taxminan 200 ishtirokchiga ikkitadan mehmon olib kelishga ruxsat berilgan va ularning barchasi yanvar oyining oxirgi shanbasida Capital Hilton mehmonxonasida yig‘ilishdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Amerika rahbari bu bayonotni "hazil tariqasida" aytgan.
"Biz Grenlandiyaga bostirib kirmaymiz. Biz uni sotib olamiz", dedi u. "Men hech qachon Grenlandiyani 51-shtat qilishni niyat qilmaganman. Men Kanadani 51-shtatga aylantirmoqchiman. Grenlandiya 52-shtat bo‘ladi, Venesuela esa 53-shtat bo‘lishi mumkin".