AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hukumati 50 million barrelgacha neftni AQShga sotish uchun o‘tkazishini va bu bitimdan tushgan mablag‘ni o‘zi nazorat qilishini ma’lum qildi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social nashrida yozdi.
"Venesuela muvaqqat hukumati AQShga 30 dan 50 million barrelgacha yuqori sifatli, sanksiyalangan neftni o‘tkazishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman”, dedi u. "Bu neft bozor qiymatida sotiladi va men AQSh prezidenti sifatida bu pulni Venesuela va AQSh xalqi manfaati uchun ishlatilishini ta’minlash uchun nazorat qilaman!" "Men AQSh energetika vaziri Kris Raytga ushbu rejani zudlik bilan amalga oshirishni topshirdim", — deya qo‘shimcha qildi Tramp. Uning qayd etishicha, neft AQSh portlariga yetkaziladi.