AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron neft sanoatini nazorat qilishni afzal ko‘rishini aytdi.
Tramp bu bayonotni Financial Times nashriga bergan intervyusida aytdi.
"Rostini aytsam, men Eron neftini nazorat qilishni eng ko‘p istardim", dedi u.
Tramp AQSh ichidagi tanqidlarga qaramay, bu pozisiyani oqlashini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida u Eron nefti ustidan nazorat o‘rnatish variant sifatida ko‘rib chiqilayotganini ham aytgan edi.
"Bu variant", deb ta’kidladi AQSh prezidenti.