AQSh prezidenti Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib ekanini ma’lum qildi. Biroq Reuters agentligi qayd etishicha, Oq uy rahbari ushbu mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyatiga shubha bilan qaramoqda.
«Ularning qarori qanday bo‘lishini bilmayman. Ularning obro‘si shundayki, ehtimol, menga o‘xshagan odamlarga mukofot berishmaydi», — dedi Tramp.
«Vaqti keldi», — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Norvegiya Nobel qo‘mitasi 2026 yilgi Nobel tinchlik mukofoti sohibini e’lon qiladi. Bu yilgi mukofot uchun asosiy nomzodlar qatorida Rim papasi, Xalqaro jinoyat sudi hamda Falastin hududlari bo‘yicha BMTning maxsus ma’ruzachisi tilga olinmoqda.
Tramp 2025 yilda Oq uyga qaytganidan buyon bir necha bor dunyodagi eng nufuzli mukofotlardan biri sanalgan Nobel tinchlik mukofotiga munosib ekanini ta’kidlab kelmoqda.
AQSh prezidentining fikricha, u ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan keyin sakkizta mojaroga aralashgan va, o‘zining ta’kidlashicha, ularni hal qilishga muvaffaq bo‘lgani uchun ushbu mukofotni olishi kerak.