Amerikalik tadbirkor va SpaceX korporasiyasi asoschisi Ilon Maks 6 noyabr, chorshanba kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy va AQShning prezidenti etib qayta saylangan Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatiga qo‘shildi . Bu haqda Axios portali yuqori martabali manbalarga tayanib xabar bermoqda .
Nashrning ta’kidlashicha, Maskning suhbatdagi ishtiroki uning Tramp ma’muriyati davrida Oq uyda qanday muhim siyosiy rol o‘ynashini ko‘rsatishi mumkin. Suhbat chog‘ida tadbirkor Zelenskiyni Ukraina armiyasini Starlink terminallari bilan ta’minlashda davom etishiga ishontirdi.