Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp va Vens Eron bilan urush masalasida kelisha olmayapti

Tramp va Vens Eron bilan urush masalasida kelisha olmayapti

AQSh prezidenti Donald Tramp vise-prezident Jey Di Vensning Eron bilan urush va uning siyosiy oqibatlari haqidagi pozisiyasidan norozi. Amerika ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida Vensni ehtimoliy voris sifatida qo‘llab-quvvatlashdan uzoqlashmoqda.

The New York Times nashri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, Vens 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda respublikachilarning mag‘lubiyatini Eron bilan urushning cho‘zilishi, inflyasiya va hayot qiymatining oshishi bilan bog‘lagan.

Dastlab Tramp bu bahoni «asosan to‘g‘ri» deb atagan bo‘lsa-da, keyinchalik vise-prezidentning pozisiyasidan noroziligini bildirgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Vensdan Eronga qarshi harbiy operasiya boshlash qarorini ochiq qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda.

Ayni vaqtda Tramp Davlat kotibi Marko Rubioni maqtashda davom etmoqda. Rubio Eronga berilgan zarbalarni AQSh milliy xavfsizligi uchun hayotiy muhim qaror deb baholagan.

Noyabr oyi boshida Tramp omma oldida Vensdan o‘z pozisiyasiga qo‘shimcha izoh berishni kutayotganini bildirgan. Eronga hujum qilish qarorini yana bir bor qabul qilarmidi, degan savolga prezident: «Ha, qabul qilardim», deb javob bergan.

Manbalarga ko‘ra, ushbu kelishmovchiliklar vise-prezidentning siyosiy rejalariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Vensning yaqinlari uning 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish-etmasligi hozircha aniq emasligini bildirmoqda.

Kiritildi: 08:16 20.11.2026. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik