Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp va Si Szinpin TikTok kelishuvini ma’qulladi

Tramp va Si Szinpin TikTok kelishuvini ma’qulladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng TikTok bo‘yicha kelishuvni ma’qullaganini e’lon qildi.

“Biz Prezident Si bilan a’lo suhbatlashdik va TikTok bitimini ma’qulladik. Hozirda jarayon davom etmoqda. Bizda yaxshi sarmoyadorlar bor va kelishuvni yakunlashni intiqlik bilan kutyapmiz”, — dedi Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, TikTok’ning xaridorlari amerikalik shaxslar va kompaniyalar bo‘lib, ular platforma ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga oladi.

Tramp, shuningdek, Si Szinpin bilan Rossiya–Ukraina mojarosini muhokama qilganini va Xitoy rahbari nizoni bartaraf etish tarafdori ekanini bildirdi.

Prezident ikki davlat rahbarlari Janubiy Koreyadagi APEC sammitida uchrashishi va keyinchalik o‘zaro tashriflar uyushtirishga kelishib olganini ham qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 13:38 20.09.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!