Putin 16 oktyabr, payshanba kuni telefon orqali suhbatlashishi kutilmoqda. Bu haqda Axios nashri manbaga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, suhbat Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida 17 oktyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan oldin tashkil etiladi.
Tomonlar muloqot davomida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.
Hozircha Oq uy rasmiy izoh bermagan.