Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp va Kim Chen In uchrashadigan joy ma’lum bo‘ldi

A A A
Tramp va Kim Chen In uchrashadigan joy ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Trampning shimoliy Korea yetakchisi Kim Chen In bilan ikkinchi uchrashuvi Vyetnamda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda dushanba, 28 yanvar kuni Kommersant’ nashri ma’lum qildi.

Amerika-korea sammiti fevralda Danaga shahrida tashkil etiladi. Uchrashuvning aniq sanasi hozircha ma’lum qilinmayapti.

7 yanvar kuni AQSh va KXDR hukumati a’zolari ikki mamlakat liderlari o‘rtasidagi yangi uchrashuv tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi. O‘shanda uchrashuvning taxminiy joyi sifatida Xanoy shahri keltirilgan edi.

Donald Tramp va Kim Chen Inning birinchi uchrashuvi 2018 yilning 12 iyunida Singapurda tashkil etilgan.

lenta.ru

Kiritildi: 15:10 29.01.2019. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik