Yaqin kunlarda AQSh prezidenti Tramp va Kanada bosh vaziri Karni savdo bitimi tuzish masalasida muzokaralar o‘tkazadi.
Bu haqda Kanada hukumatining idoralararo aloqalar va Qo‘shma Shtatlar bilan savdo aloqalariga mas’ul vaziri Dominik Leblan ma’lum qildi.
Leblan dastur boshlovchisi Margaret Brennanga, Kanada Trampning yangi 35 foizlik bojxona to‘lovlaridan "ko‘ngli qolgan" bo‘lsa-da, u davlatlar o‘rtasidagi savdo cheklovlarini bekor qilishga umid qilib, kelishuv ustida ishlashni davom ettirayotganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Kanada chegaraning ikkala tomonida ham ish o‘rinlarini saqlab qolgan holda, Kanada va Amerika ta’minotchilariga tovar almashinuvini davom ettirishga imkon beradigan kelishuvni ishlab chiqishga intilmoqda.
Leblan Vashington vakillari bilan bo‘lgan suhbatlari asosida savdo kelishuvi tuzilishiga nisbatan optimistik kayfiyatda ekanini ta’kidladi.