Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp o‘z mulkida 300 dan ortiq maxfiy hujjatlarni saqlagan

A A A
Tramp o‘z mulkida 300 dan ortiq maxfiy hujjatlarni saqlagan

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Mar-a-Lagodagi mulkida kamida 300 ta maxfiy hujjat saqlagan.

The New York Times gazetasining yozishicha, yanvar oyida Tramp 150 ga yaqin maxfiy hujjatlarni AQSh Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasiga topshirgan.

Keyinchalik, iyun oyida AQSh sobiq prezidentining vakillari qolgan materiallarni Adliya vazirligiga topshirgan.

Maxfiy hujjatlarning yana bir qismi avgust oyi boshida Mar-a-Lago mulkida tintuv o‘tkazilganda qo‘lga olingan.

Shu kungacha AQSh ma’muriyatida Tramp qo‘lida 26 quti materiallar bor.

Avvalroq The Wall Street Journal ashyolar inventariga tayanib, FQB xodimlari mulkni tintuv qilish chog‘ida 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plamini topgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 11:05 23.08.2022. O'qildi: 1956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik