Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp umrbod Tinchlik kengashi raisi bo‘lishi mumkin

Tramp umrbod Tinchlik kengashi raisi bo‘lishi mumkin

"Donald Tramp Oq uyni tark etganidan keyin ham o‘zi tashkil etayotgan Tinchlik kengashiga rahbarlik qilishda davom etishi mumkin", deb yozmoqda Bloomberg agentligi Oq uy rasmiysiga tayanib.

Bloomberg suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, kengash raisi lavozimi Trampga uning o‘zi bu lavozimdan iste’foga chiqquniga qadar biriktiriladi.

Shuningdek, manba Qo‘shma Shtatlarning keyingi prezidenti kengashga o‘z nomzodini ilgari surishi mumkinligini, u kengashda AQSh vakili sifatida ishtirok etishini qo‘shimcha qilgan.

Tinchlik kengashi Trampning tinchlik rejasiga muvofiq urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish organi sifatida ishlab chiqilgan. Biroq Bloomberg tanishib chiqqan nizomga ko‘ra, Tinchlik kengashi ancha kengroq funksiyalarga ega va u BMTning muqobili bo‘lishi mumkin.

Bloomberg'ning qayd etishicha, kengash nizomida mamlakatlar doimiy a’zolik uchun kamida bir milliard dollar badal to‘lashi kerakligi haqida band ham bor. Bu mablag‘larni esa Tramp nazorat qiladi.

Kiritildi: 15:13 21.01.2026. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!