AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urush tugaguniga qadar vaqtinchalik himoya maqomiga (TPS) ega ukrainaliklarga AQShda qolishga ruxsat berish imkoniyatini «albatta ko‘rib chiqishini» ma’lum qildi.
Tramp Vashingtondagi DW muxbiri savoliga javob berar ekan, shu haqda bayonot berdi.
Avvalroq AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi vakili DW nashriga Ukraina fuqarolari uchun vaqtinchalik himoya maqomining kelajagi bo‘yicha qaror «tegishli vaqtda» e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi.
Unga qadar vaqtinchalik himoya maqomiga ega barcha Ukraina fuqarolari AQSh himoyasi ostida qolishi ta’kidlangan.