AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha muzokaralarning taqdiri yaqin ikki hafta ichida aniqlashadi.
Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Men Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvda shaxsan ishtirok etishni istagandim, biroq ko‘pchilik bu uchrashuv hech narsaga olib kelmaydi, deb hisoblaydi;
◾️ Ikki hafta ichida Ukraina bo‘yicha “juda muhim qaror” qabul qilaman. Bu qaror Moskva va Kiyevning keyingi harakatlariga qarab belgilanadi. Ushbu qaror orqali sanksiyalar va bojlar kiritilishi mumkin yoki hech narsa bo‘lmasligi ham ehtimoldan holi emas;
◾️ Keyingi Ikki hafta ichida Rossiya va Ukrainaning mojaroni hal qilishga bo‘lgan “yondashuvlarini” bilib olmoqchiman. Agar ular kelishuvga erisha olmasa, bunga kim aybdor bo‘lishini aniqlayman. Men nima qilayotganimni yaxshi bilaman.