Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp uchun Yer yetarli emas: u amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishni va’da qilmoqda

Tramp uchun Yer yetarli emas: u amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishni va’da qilmoqda

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Shimoliy Karolinada o‘z tarafdorlari oldida so‘zlar ekan, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, vakolat muddati tugagunga qadar amerikaliklarning Marsga qo‘nishiga erishish niyatida ekanligini aytdi.

«Biz kosmosda yetakchi bo‘lamiz. Ilon Mask, raketa kemalarni uchir, chunki biz prezidentligim tugaguniga qadar Marsga yetib borishni xohlaymiz», dedi Tramp.

SpaceX egasi Ilon Mask avvalroq Starship kosmik kemasi ikki yil ichida Marsga uchuvchisiz rejimda borishi mumkinligini aytgan edi. Agar sayyoramizga kemalarning qo‘nishi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, to‘rt yildan so‘ng Marsga odamning birinchi uchirilishi amalga oshirilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!