Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp tvitterdagi barcha imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

A A A
Tramp tvitterdagi barcha imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden qasamyod qilgan kuni Donald Tramp tvitterda barcha imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi. Bu haqda platforma vakili xabar berdi. Endi siyosatchining tvitlari "jamoatchilik manfaati"ga aylanmaydi, demak, uning profili "immunitet"ni yo‘qotadi va bloklanishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2021 yil 20 yanvarda Amerikaning yangi rahbari Jo Baydenning inaugurasiyasi kuni o‘zining tvitterdagi @realDonaldTrump akkauntidagi imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi, deb yozadi The Verge nashri ham. Tvitter ma’muriyati allaqachon Trampdan platformada oddiy foydalanuvchilar singari o‘zini tutish qoidalariga rioya etishni talab qilishini tasdiqlagan. Bu shuni anglatadiki, agar Tramp koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatsa yoki zo‘ravonlikka chaqirsa, uning profili bloklanishi mumkin.

Tvitter qoidalariga ko‘ra, mamlakat rahbarlari va boshqa ba’zi taniqli shaxslar kompaniya siyosatiga zid bo‘lgan kontentni "agar ularning postlari jamoatchilik manfaati uchun bo‘lsa", nashr etish huquqiga ega.

Kiritildi: 16:31 10.11.2020. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik