Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Tom Barrakni Iroq bo‘yicha maxsus elchi etib tayinladi

Tramp Tom Barrakni Iroq bo‘yicha maxsus elchi etib tayinladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Turkiyadagi elchisi va investor Tom Barrakni Iroq bo‘yicha prezidentning maxsus elchisi etib tayinladi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Tom Barrak Anqaradagi AQSh elchisi sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. Shu bilan birga, u AQSh prezidentining Iroq bo‘yicha maxsus elchisi vazifasini ham bajaradi.

«Biz Tom Barrakning amalga oshirgan ishlarini va mamlakatimizga xizmat qilishga bo‘lgan sadoqatini yuqori baholaymiz», — dedi Tramp.

AQSh rahbari, shuningdek, Vashington Suriya va Iroq hukumatlari bilan strategik hamkorlikni rivojlantirayotganini ta’kidladi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Iroq bo‘yicha avvalgi maxsus vakil Mark Savaya joriy yil fevral oyida lavozimini tark etgan. Manbalarning bildirishicha, bunga ayrim vazifalarning samarasiz bajarilgani sabab bo‘lgan.

79 yoshli investor Tom Barrak 2025 yil aprelidan buyon AQShning Turkiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Shu yil may oyida u Suriya bo‘yicha ham prezidentning maxsus vakili etib tayinlangan edi.

Kiritildi: Bugun 22:14. O'qildi: 146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!