Donald Tramp o‘zining tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi BMT o‘rnini egallashi mumkinligini istisno etmadi.
"Tinchlik Kengashi BMTning o‘rnini egallashi ehtimoli bor. Aytmoqchimanki, BMT unchalik foydali bo‘lmagan. Men BMT tarafdoriman, lekin tashkilot salohiyatini hech qachon ko‘rsatmagan. BMT men hal qilgan barcha mojarolarga barham berishi kerak edi. Ular bunday qilishga qodir bo‘lishi shart edi. Menimcha, BMT mavjud bo‘lishiga imkon berish kerak, chunki uning salohiyati juda katta", —deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.