AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bilan telefon orqali gaplashgani va u bilan tez orada Oq uyda uchrashish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Vashington shtabi rahbari bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘ldi, u bizda giyohvand moddalar va boshqa kelishmovchiliklar bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirish uchun qo‘ng‘iroq qildi", — deb yozdi Tramp. "Men uning qo‘ng‘irog‘i va ohangini qadrladim va u bilan tez orada uchrashishni orziqib kutaman".
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat diplomatik vakolatxonalari bunga hozirlik ko‘rmoqda.
Avvalroq Tramp Kolumbiya hukumatiga qarshi harbiy operasiya o‘tkazish bilan tahdid qilgandi.