AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi oydan boshlab Yevropa Ittifoqi tovarlariga 50 foizlik boj joriy etish haqidagi qaroridan qaytdi va Vashington va ittifoqqa a’zo 27 davlatga muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘proq vaqt berish uchun muddatni 9 iyulgacha uzaytirishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters.
Juma kuni Tramp muzokaralar tez sur’atda ketmayotganidan shikoyat qildi va 1 iyundan boshlab 50 foizlik tarif joriy etishni taklif qildi. Bu bayonot jahon moliyaviy bozorlarida notinchlikka sabab bo‘ldi va savdo urushi avj oldi.
Biroq, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen yakshanba kuni Trampga qo‘ng‘iroq qilib, muzokaralar uchun ko‘proq vaqt kerakligini aytganidan so‘ng, u o‘z pozisiyasini yumshatib, so‘rovni qabul qildi.
"Biz juda yaxshi suhbatlashdik, shuning uchun men belgilangan muddatni ko‘chirdim", – dedi Tramp Nyu-Jersidan Vashingtonga qaytayotganda jurnalistlarga.
Ursula fon der Lyayen X platformasida (sobiq Twitter) Tramp bilan "yaxshi suhbatlashgani"ni va YEI tezda harakat qilishga tayyorligini aytdi.
"Yaxshi kelishuvga erishishimiz uchun 9 iyulgacha vaqt kerak", – dedi u.
Muddat e’lon qilinganidan keyin yevro va AQSh dollari iyena va Shveysariya frankiga nisbatan mustahkamlandi.