AQSh prezidenti Donald Tramp Vermont shtatidan senator Berni Sandersning 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish istagiga izoh berdi.
Telba Berni hozirgina poygaga kirishdi. Unga omad tilayman , deb yozgan Tramp tvitterda.
77 yoshli demokrat Sanders bundan avvalroq prezident saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgandi.
Xillari Klintonning 2016 yildagi praymerizdagi bosh raqibi bo‘lgan Sanders Trampni AQSh uchun sharmandalik , g‘irt yolg‘onchi , irqchi, ksenofob deb atagan.
Shu tariqa navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etish istagini kongresvumen Tulsi Gabbard, senatorlar Kori Buker, Kirsten Jillibrand, Saut-Bend (Indiana shtati) meri Pit Battigig va San-Antonio (Texas shtati) meri Xulian Kastro bildirdi. Shuningdek, saylovlarda ishtirok etish istagini Tramp tomondan mazax qilinuvchi senator-demokrat Emi Klobushar ham bildirgan.
Manba: oxo.uz