Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp savdo urushining yangi bosqichini boshladimi?

Tramp savdo urushining yangi bosqichini boshladimi?

Tramp ma’muriyati AQShning 16 ta yirik savdo hamkoriga nisbatan bir qator tekshiruvlar boshlashini e’lon qildi. Bu importga yangi tariflar kiritilishiga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi NBC News.

Xabarlarga ko‘ra, bu prezident Donald Tramp tomonidan boshlangan keng ko‘lamli global savdo urushining keyingi bosqichi sanaladi. Shunday qilib, AQSh Savdo vakili idorasi AQSh importining "katta beshligi" manbalari qatoriga kiruvchi Yevropa Ittifoqi, Meksika va Xitoy kabi yirik savdo sheriklariga nisbatan rasmiy tekshiruvlarni boshlayapti.

AQShning yangi choralari 301-Bo‘lim deb ataladigan savdo qonunchiligiga muvofiq Singapur, Shveysariya, Norvegiya, Indoneziya, Malayziya, Kambodja, Tailand, Janubiy Koreya, Vyetnam, Tayvan, Bangladesh, Yaponiya va Hindistonga ham ta’sir qiladi.

“Ushbu tekshiruvlar, bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, iqtisodiyotining turli ishlab chiqarish tarmoqlarida katta va doimiy savdo profisiti, shuningdek, yetarlicha foydalanilmagan yoki to‘liq foydalanilmagan quvvatlar kabi tarkibiy ortiqcha quvvatga ega bo‘lgan mamlakatlarga qaratilgan bo‘ladi, - dedi AQSh savdo vakili Jeymison Grir.

Grirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh shuningdek, "majburiy mehnat" yordamida ishlab chiqarilgan import qilingan tovarlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni ham rejalashtirgan.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!