Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp Rossiyaning Katta sakkizlikka G8 qaytishini qo‘llab-quvvatlamoqchi

Tramp Rossiyaning Katta sakkizlikka G8 qaytishini qo‘llab-quvvatlamoqchi

AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Rossiyani dunyoning eng kuchli sakkizligi guruhiga qaytishini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytdi va o‘zidan oldingi prezidentni Rossiyani G8 dan quvib chiqarishda aybladi.

«Putin uni siyosatda ortda qoldirganidan beri, Obama Rossiyani G8 dan chiqishini istagan. Rossiya G8 tarkibida bo‘lishi kerak, chunki biz muhokama qiladigan ko‘p narsalar Rossiya bilan bog‘liq. Shunday qilib, men yana G8 bo‘lishini hohlayman va agar kimdir bu taklifni bersa, men buni mamnuniyat bilan qabul qilaman», dedi Tramp Oq Uydagi jurnalistlarga bergan intervyusida.

Ammo Rossiya Qrim yarimorolining Ukrainadan noqonuniy ravishda olib qo‘yilishi tufayli Katta sakkizlik safidan chiqarildi, bu Ikkinchi jahon urushidan beri Rossiya tomonidan Yevropa davlatlarining chegaralarini birinchi marta buzilishi edi.

 

Kiritildi: 12:35 21.08.2019. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!