The New York Times nashriga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi qarorlari Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirishga intilayotganini ko‘rsatadi. Nashr bu jarayon Ukraina pozisiyalarining zaiflashishi hisobiga kechishi mumkinligini ta’kidlagan.
Oktyabr boshida Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya dizel yoqilg‘isini jahon bozoriga yetkazib berish masalasini kelishib olgan. Keyinchalik Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar bergani va tinchlik kelishuviga intilishni istamayotgani uchun tanqid qilgan.
Shuningdek, Tramp Rossiyaning ayrim amaldorlari, banklari va tashkilotlariga nisbatan cheklovlarni bekor qiluvchi farmonni imzolagan. Biroq avval joriy etilgan boshqa sanksiyalar o‘z kuchida qolgan.