Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Qozog‘istonga 25 foizlik boj solmoqchi

A A A
Tramp Qozog‘istonga 25 foizlik boj solmoqchi

Donald Tramp Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yozgan xatida Qo‘shma Shtatlar 2025 yilning 1 avgustidan Qozog‘iston mahsulotlariga 25 foizlik boj tariflari joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Xat Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.

«Agar Qozog‘iston yoki mamlakatingiz kompaniyalari Qo‘shma Shtatlarda mahsulot ishlab chiqarsa tarif tatbiq etilmaydi, tez va professional darajada — boshqacha aytganda,bir necha haftada ruxsat olish uchun biz bor imkoniyatni ishga solamiz», — deyiladi jumladan xatda.

Tramp Qozog‘istonga 25 foizlik boj solmoqchi

Shu kuni xuddi shunday xatlar Malayziya (25 foizlik boj), Laos (40 foiz), JAR (30 foiz), Myanma (40 foiz), Yaponiya (25 foiz) va Janubiy Koreya (25 foiz) rahbarlariga ham yo‘llangan.

Kiritildi: 16:53 08.07.2025. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik