AQSh prezidenti Donald Tramp milliy bayroq ranglarini adashtirib yubordi. Bu haqda The Washington Examiner xabar bermoqda.
Aytilishicha, 24 avgust kuni u Ogayo shtatidagi shifoxonalardan biriga tashrif chog‘ida bolalar bilan birga qog‘ozda chizilgan bayroqni bo‘yagan. U bayroqni noto‘g‘ri bo‘yagan.
Tashrifda prezidentga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar hamrohlik qilgan. O‘z mikroblogida vazir tadbir suratlarini joyladi. Ulardan birida ko‘rinishicha, Tramp bayroq chiziqlaridan birini ko‘k rangga bo‘yagan. Aslida esa chiziqlarda qizil va oq ranglar aks etishi kerak edi.
Manba: daryo.uz