Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Putinni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi

Tramp Putinni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi

"Prezident Putindan hafsalam pir bo‘ldi. U Ukraina bilan urushni bir haftada tugatishi kerak edi. Alyaskadagi uchrashuvimizda men unga quyidagi so‘zlarni aytdim: Sen to‘rt yildan beri bir haftada tugashi kerak bo‘lgan urushni davom ettiryapsan. Nima, sen qog‘oz yo‘lbarsmisan?", — dedi AQSh prezidenti generallar bilan uchrashuvda.

O‘tgan hafta ham Tramp Rossiyani “qog‘oz yo‘lbars” deb atab, u Ukraina bilan urushda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytgan edi.

"Rossiyani odatda ayiqqa qiyoslashadi. Qog‘oz ayiqlar bo‘lmaydi. Rossiya — bu haqiqiy ayiq", — degan edi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga javoban.

Kiritildi: 23:25 30.09.2025. O'qildi: 1806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!