Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Putin bilan uchrashuvga kimlarni olib boradi?

A A A
Tramp Putin bilan uchrashuvga kimlarni olib boradi?

AQSh prezidenti Donald Tramp 16 iyul kuni Xelsinkidagi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga kimlar bilan borishi ma’lum bo‘ldi.
 
Ma’lumotga ko‘ra, delegasiya tarkibiga Oq uy xodimlari apparati boshlig‘ining aloqa bo‘yicha o‘rinbosari Bill Shayn kiritilgan. U avval “Fox News” telekanalida prezident bo‘lgan.
 
Shuningdek, Donald va Melaniya Tramplarga Yevropa turnesi davomida Oq uy xodimlari apparati boshlig‘i Jon Kelli, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton, siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Stiven Miller, Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders va boshqalar hamrohlik qiladi.
 
Trampning avvalgi safarlarida unga hamrohlik qilgan qizi Ivanka va kuyovi Jared Kushnerlar Xelsinkiga bormaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, Tramp va Putin 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadi. Bungacha Tramp Bryusselda NATO sammitida ishtirok etadi hamda Buyuk Britaniyada Bosh vazir Tereza Mey va qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 12:41 09.07.2018. O'qildi: 1379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik