Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini ma’lum qildi

Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

"Menda telefon orqali muloqot rejalashtirilgan", — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

AQSh rahbari, shuningdek, bugun Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni ekanini ta’kidladi.

Putin 7 oktyabr kuni 74 yoshga to‘ldi. Uni tug‘ilgan kuni bilan bir qator jahon yetakchilari tabrikladi.

Ular orasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bor.

Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, KXDR rahbari Kim Chen In hamda boshqa xorijiy davlat va hukumat rahbarlari ham Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Kiritildi: 23:17 07.10.2026. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!