Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Putin bilan shu haftada uchrashishi mumkin

Tramp Putin bilan shu haftada uchrashishi mumkin

Donald Tramp shu haftada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkinligiga ishonmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Avvalroq AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff shu haftada Moskvaga borishni rejalashtirgani, biroq Putin bilan uchrashuv hozircha tasdiqlanmagani haqida CNN telekanali manbaga asoslanib xabar bergandi. Muzokaralarda aynan kim ishtirok etishiga manba aniqlik kiritmagan.

12 fevral kuni ikki mamlakat rahbarlari telefonda muloqot o‘tkazgandi. Suhbat salkam bir yarim soat davom etgan. Ukrainadagi urushni tugatish kerakligiga Putin va Tramp rozi bo‘lgan. O‘sha suhbatda prezidentlar yuzma-yuz uchrashish imkoniyatlarini ham muhokama qilishgandi.

Kiritildi: 01:57 12.03.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!