Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tramp prezident sifatidagi birinchi kunida nima qilishi haqida «41 aniq va’da» berdi

Tramp prezident sifatidagi birinchi kunida nima qilishi haqida «41 aniq va’da» berdi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Oq uydagi potensial birinchi kunida nima qilishi haqida «41 ta aniq va’da» berdi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda .

“Ikkinchi muddatga ariza berganidan beri Tramp prezident sifatidagi «birinchi kuni»da nima qilishni xohlayotgani haqida 41 ta aniq va’da berdi”, — ta’kidladi nashr.

Nashr tahlili shuni ko‘rsatdiki, Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida bu va’dalarni 200 martadan ortiq tilga olgan. Ular orasida: ommaviy deportasiyalarni boshlash, elektr transport vositalarini rag‘batlantirishni tugatish va transgender ayollarga ayollar sportida qatnashishni taqiqlash.

Tramp saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Karolin Levittning aytishicha, Tramp «birinchi muddatda devor qurish, iqtisodiyotni tiklash va Amerikani jahon sahnasida yana hurmatga sazovor qilish haqidagi va’dalarini bajardi - ikkinchi muddatda ham o‘z va’dalarini bajaradi».

Kiritildi: Bugun 00:11. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!