AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning ritorikasi Rossiyaning Ukrainada maxsus operasiyasini boshlashiga turtki bo‘lgan.
Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.
“Mamlakatimiz va rahbariyatimiz (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinni masxara qilishdi. Agar men hali ham prezident bo‘lganimda Ukrainadagi mojaro hech qachon sodir bo‘lmasdi”, — dedi Tramp.
U Oq uy rahbari sifatida ham Rossiya, ham Ukraina yetakchilari bilan yaxshi munosabatlarni saqlashga harakat qilganini qayd etdi.