AQSh prezidenti Donald Tramp Papa Lev XIV bilan bo‘lgan suhbatda Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini aytgan.
The New York Post nashriga ko‘ra, Tramp Papaga Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, uning qo‘llanilishi millionlab insonlar hayotiga tahdid solishi mumkinligini bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, bu xavf faqat ayrim davlatlar emas, balki butun dunyo, jumladan katoliklar va Italiya aholisi uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurolning Eron tomonidan qo‘lga kiritilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.