Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Oyatulloh Xominaiyning o‘lganini ma’lum qildi

Tramp Oyatulloh Xominaiyning o‘lganini ma’lum qildi

"Xominaiy bizning razvedkamiz va yuqori texnologiyali kuzatuv tizimlarimizdan qochib qutula olmadi. Bu Eron xalqi uchun o‘z mamlakatini qaytarib olishga berilgan eng katta imkoniyatdir", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Isroil matbuoti ham hukumatdagi manbalarga tayangan holda Xominaiy o‘lgani haqida xabar bermoqda. Fox News manbasiga ko‘ra, AQShdagilar ham Eron yetakchisi o‘lganiga ishonmoqda. Reuters agentligining manbasi Xominaiyning jasadi topilganini iddao qilgan.

Eron oliy rahbarining matbuot xizmati rahbari bu xabarlarni rad etgandi. "Dushman bizni ruhan sindirmoqchi, hamma ogoh bo‘lishi kerak", degandi u.

Eronning Tasnim va Mehr axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Oyatulloh Xominaiy “qat’iyat va sobitlik bilan harbiy harakatlarni boshqarmoqda”.

Kiritildi: Bugun 08:35. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!