Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp otishmani Eron bilan bog‘liq emas deb hisoblamoqda

Tramp otishmani Eron bilan bog‘liq emas deb hisoblamoqda

Biroq u yakuniy xulosalar uchun tergov natijalarini kutish lozimligini ham bildirdi.

Hujum yuzasidan berilgan savolga javob berar ekan, Tramp: "Menimcha yo‘q, lekin aniq bilib bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi.

Hozirda maxsus xizmatlar voqea sabablarini va tajovuzkorning asl maqsadini o‘rganmoqda.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan gumonlanuvchi — Kaliforniyalik 31 yoshli Koul Tomas Allen miltiq, to‘pponcha va bir nechta pichoqlar bilan qurollangan bo‘lgan.

Otishma natijasida bir nafar xavfsizlik xodimi yaralangan, biroq uning hayotini zirhli nimcha saqlab qolgan.

Hujumchining o‘zi esa jiddiy jarohat olmagan holda hibsga olingan

Kiritildi: Bugun 15:42. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!