Tramp tungi soatlarda ham ishlaydi — AQSh vise-prezidenti.
Jey Di Vens Donald Tramp o‘zi uchratgan odamlar orasida eng kam uxlaydigan inson ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ba’zan tungi soat 2:30 da qo‘ng‘iroq qilib, "Siz uxlamayapsizmi?", deb so‘raydi. Vens unga "Yo‘q, janob. Uxlamayotgandim. Keling, sizni nima tashvishlantirayotganini muhokama qilamiz", deb javob berishini aytdi.
"U sutkaning istalgan vaqtida ishlaydi", — deya ta’kidladi Vens.