AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning NUJ (noma’lum uchuvchi ob’ektlar) va “noma’lum havo hodisalari”ga oid maxfiy materiallarini yaqin vaqtda maxfiylikdan chiqarishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat shuningdek, bu sohani o‘rgangan bir qator amerikalik olimlarning sirli o‘limlari va yo‘qolish holatlarini ham tekshirmoqda.
Tramp bu bayonotlarni Kongress tomonidan Pentagon faoliyati va maxfiy dasturlar bo‘yicha oshkoralik talablari kuchaygan bir paytda berdi.
Shu bilan birga, u Pentagon tez orada NUJlar bilan bog‘liq ayrim materiallarni jamoatchilikka taqdim etishi mumkinligini aytgan.
Trampning ta’kidlashicha, hozircha barcha ma’lumotlar to‘liq tekshirilmoqda va yaqin kunlarda yangi ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkin.