Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Nobel tinchlik mukofotini oladi(mi)?

Tramp Nobel tinchlik mukofotini oladi(mi)?

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado Donald Trampga o‘zining Nobel tinchlik mukofotini berishga tayyor ekanini bildirdi.

"Bu hali sodir bo‘lmadi, ammo men mamnuniyat bilan AQSh prezidentiga Venesuela xalqi Nobel mukofotini unga berishni xohlashini aytgan bo‘lardim", — dedi Machado Fox News'ga bergan intervyusida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Mariya Korina Machadoni Venesuelaning bo‘lajak rahbari sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, Machadoga yetakchi bo‘lish qiyinchilik tug‘diradi, chunki u Venesuelada qo‘llab-quvvatlov va obro‘ga ega emas.

The Washington Post'ning Oq uydagi ikki manbasiga tayanib yozishicha, Tramp Machadoni aynan u AQSh prezidenti olishni judayam xohlagan Nobel tinchlik mukofotini qabul qilishga qaror qilgani sababli qo‘llab-quvvatlamagan.

Kiritildi: 19:14 06.01.2026. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!